• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Aziza Begmatova: Meni hayotda ham folbin deb o‘ylaydiganlar bor

    Jurnalist Mirolim Isajonov rang-barang rollari, xususan, checha obrazi orqali yoshu keksaning qalbidan munosib joy olgan O‘zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova bilan suhbat uyushtirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Aziza opa, yil boshida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilingan “Qitmir kampir” filmida avvalgi rollaringizga sira o‘xshamaydigan obrazda namoyon bo‘ldingiz. Rol siz uchun maxsus yozilganmi yoki kinoga kasting asosida qabul qilindingizmi?

    — Bilasizmi, filmning katta ekranlariga chiqqaniga ancha vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, ammo haligacha muxlislarim, hamkasblarim va tanish-bilishlardan iliq fikrlar eshityapman. Kino elga manzur bo‘lganidan, behad quvondim. Chindan ham ko‘pchilik “Rolingiz siz uchun maxsus yozilganmi, filmda o‘zingizni o‘ynabsiz-ku?!”, deb murojaat qilayapti. Kartina rejissyori Go‘zalxon Yusupova menga qo‘ng‘iroq qilib, “Aziza opa, qitmir kampir to‘g‘risida kino suratga olish niyatidaman. Bosh rolda faqat sizni ko‘ryapman. Ssenariyni o‘qigach, fikr-mulohazalaringizni aytsangiz”, dedi. Oradan bir necha kun o‘tgandan so‘ng Go‘zalxon bilan uchrashdik. Ssenariy bilan tanishgach, rol o‘ynashga rozi ekanligimni aytdim. Filmdagi obrazim keyingi paytda o‘zim istagan rol bo‘lganligi uchun suratga olish jarayonida yayrab ishladim. Kinoni ko‘rgan bo‘lsangiz, qahramonim hazilkash, qitmir kampir. Uning hatti-harakati, qiliqlarini o‘xshatishga va tomoshabinni ishontirishga harakat qilib, o‘zimdagi bor imkoniyatni ishga soldim.

    — Siz injiq aktrisamisiz?

    — Menimcha, injiq aktrisalar toifasiga kirmasam kerak. Negaki, shu paytga qadar hech bir rejissyor bilan aytishib, oramizga tushunmovchiliklar tushirmaganman. Har qanday sharoitda ham boriga qanoat qilib, moslashishga intilaman. Rejissyorlar meni munosib deb topgan rolni ular aytganidek o‘ynab berishga harakat qilaman.

    — Har bir davrning o‘z tomoshabini bo‘ladi. Bugungi tomoshabinning oldingisidan farqini nimalarda ko‘rasiz?

    — Hozirgi tomoshabinlarni xayratlantirish biroz mushkul ekanligini tan olib aytish kerak. Bugungi taraqqiyot asrida insonlarning axborot olishga bo‘lgan ehtiyoji kun sayin ortib boryapti. Televizor, radio, gazeta-jurnal, internet orqali bir vaqtning o‘zida olinayotgan turli axborotlar ham kishilardagi hayrat tuyg‘usini so‘nishiga oz bo‘lsada sabab bo‘lmoqda. O‘n-o‘n besh yil avvalgi tomoshabinlar spektakl jarayonida qahramon yig‘lasa yig‘lardi, kulsa kulardi. Bugun bunday hayratdan yoqa ushlaydigan muxlislar juda kam. Keyin oldin tomoshabin bugungiga o‘xshab uyiga shoshilmasdi, juda sabrli edi. Teatr zali har kuni liq to‘lardi. Spektakl tugagach tomoshabinlar bilan jonli muloqot qurardik. Aktyorlar bilan birgalikda tomoshabinning ham saviyasi har spektakldan keyin bir pog‘ona o‘sganini ko‘rardik. Hozir ham haqiqiy tomoshabin yo‘q emas. Biroq ular juda kam. O‘ylaymanki, yaqin yillar ichida asl muxlislar safi yanada kengayadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Bir qancha filmlarda folbin va lo‘li ayollar obrazlarini maromiga yetkazib ijro etgansiz. Aytishlaricha, sizni fol ocharkan deb, teatrga ham izlab kelishgan ekan...

    —- Rejissyorlar ko‘pincha epizod rol berishsa ham ishonarli tarzda va tomoshabin yodida qoladigan darajada o‘ynashga intilaman. Bu borada hayotda, yon-atrofimda, bozorda, ko‘cha-ko‘yda ko‘rganlarim asqotadi. Shu kungacha 10 ga yaqin folbin, lo‘li ayollar rolini talqin qildim. Hayotda fol, folbin bir yoqda tursin, hatto irim-sirimlarga ham ishonmayman. Biroq, yonimga fol ochishimni so‘rab kelgan ayollar ham bo‘lgan. Adashmasam, bundan o‘n yillar oldin teatrga bir ayol meni izlab kelib, qizining homiladorligini, tug‘ilajak nabirasi qiz yoki o‘g‘il ekanligini aytib berishimni so‘radi. Gap orasida kuyovi bu gal ham qiz farzand tug‘ilsa, to‘rt nafar qizidan ham voz kechib, ajrashish niyatida yurganini aytdi. Uning ko‘ngliga oz bo‘lsa-da, yorug‘lik olib kirish maqsadida, “Xudo xohlasa, qizingiz o‘g‘il farzandli bo‘ladi”, desam, u ayol quvonchi ichiga sig‘may, “Agar o‘g‘il nabira ko‘rsam, sizga boshdan-oyoq sarpo qilaman”, dedi. Oradan bir necha oy o‘tib, eshitsam, o‘sha ayolning qizi haqiqatan o‘g‘il farzand ko‘ribdi. Bundan ham quvonganman, ham ajablanganman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — O‘zbek oilalarida erkaklarning mavqei pasayib ketdi, degan fikrga qo‘shilasizmi?

    — Har bir oilaning o‘ziga xos qonun-qoidasi mavjudligi bois, erkak kishiga nisbatan ham munosabat turlicha bo‘ladi. Savolingizga ham har kim o‘z oila tarzidan kelib chiqqan holda javob bergani yaxshiroq. Bizning oilamizda erkak kishi hamisha ayoldan bir pog‘ona yuqorida turadi. Nabiralarimga ham shuni uqtirib boramiz. Erkak oila boshi, ayol esa uning bo‘yni.

    — Yarim asrdan buyon teatrda faoliyat yuritib kelayapsiz. Har gal ortga nazar solganda, ko‘proq nimalar yodingizga tushadi?

    — Sahnada va hayotda o‘tgan har bir kunim kino tasmasidek bir zumda ko‘z oldimda gavdalanadi. San’at institutini tugatgach, 1966-yili Yosh tomoshabinlar teatrida ish boshlaganman. Keyinchalik hozirgi O‘zbek davlat drama teatriga o‘tkazishdi. Jamoani shakllantirish, tomoshabinga manzur bo‘ladigan spektakllar sahnalashtirish yo‘lida tinim bilmay mehnat qildik. Ishonsangiz, tushlik qilishga ham vaqt topolmasdik. 1985-yilga kelib teatrimiz yo‘lga tushgach, tomoshabinlar oqib kela boshladi. Qarang, ungacha teatrga faqat kelib-ketib yurarkanman. Teatr aslida nima ekanligini keyin chuqur anglab yetdim. O‘z baxtimni ham shu dargohdan topdim. Turmush o‘rtog‘im To‘lqin aka bilan yaqindan tanishib, oila qurdik. U uzoq yillar dekorator bo‘lib ishladi. Xalqimizga checha bo‘lib tanilishimga ham aynan teatr sababchi ekanligi meni yanada shodlantiradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — San’atimizdagi qanday kemtiklar qalbingizga og‘riq soladi?

    — O‘z kasbining professionali bo‘lmagan aktyorlar, rejissyorlarning ko‘payib borayotgani va “ijod” qilishayotgani g‘ashimni keltiradi. Iste’dodi bo‘lsa-da, lekin astoydil intilayotgan, izlanayotgan yoshlarga shu soha bo‘yicha ustoz ko‘rib, maxsus bilim olishlarini tavsiya qilaman. Mana shunday ustoz ko‘rmagan yosh ijodkorlar filmlarimiz saviyasini tushishiga ma’lum ma’noda sababchi bo‘lishyapti. Nima bo‘lganda ham chumchuqni qassobning o‘zi so‘ysin. Shundagina kinoda rivojlanish bo‘ladi, san’atimiz sanoatga aylanmaydi.

    31.10.2018, 23:50   Izoh (0)   27517
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Scorpion” filmining saundtreki hamda ilk tizerining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video)

    31.10.2018, 17:51

    “Konfetsiz kino”. “Salom, rashk” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi (foto va video)

    31.10.2018, 15:03

    Gastrol-konsert va suxandonlik faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanish mumkinmi?

    30.10.2018, 14:02

    Latviya qo‘shiq va raqs bayrami — o‘zbekistonlik fotosuratchi nigohida

    27.10.2018, 22:40

    “Rossiya-Kultura” telekanali O‘zbekiston haqidagi 4 seriyali hujjatli filmni suratga oladi

    26.10.2018, 16:43

    Rossiya xalq artisti Nikolay Karachensov vafot etdi

    26.10.2018, 14:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10

    Olmaotaga ketayotgan fuqaro O‘zbekistondan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan gilam bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 12:00

    Tramp Ukraina uchun yangi yordam paketini tayyorlamoqda — Politico

    Dunyo | 12 iyul, 11:45

    YouTube endilikda sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan videoroliklarga pul to‘lamaydi

    Layfstayl | 12 iyul, 11:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.