• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Lotin alifbosidagi “J” harfini ikkita qilish taklif etilmoqda

    Filolog va bloger Shahnoza To‘raxo‘jayeva Telegram’dagi kanali orqali lotin alifbosini isloh qilish yuzasidan bildirilayotgan takliflar bilan tanishtirdi. Quyida blogerning lotin yozuvida kutilayotgan o‘zgarishlar borasidagi fikrlari taqdim etiladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kecha lotin alifbosini isloh qilishga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etdim. Umuman olganda, o‘zgarishlarni yoqlayman.

    Ammo “S” harfi bilan biroz mojaro bo‘ldi, shu borasida o‘z fikrimni aytib o‘tmoqchiman – mening pozitsiyam hujjat bo‘lib qolsin shu yerda.

    Xullas, “S” harfi alifboga “J” bo‘lib kiryapti (jo‘ja – sŏsa). Yana J harfi ham qolyapti (jurnal, jyuri). Ya’ni endi ikkita J bo‘ladi!

    Bu nima uchun qilinyapti?

    Ç harfini alifboga kiritish uchun! S ni kiritmay turib uning asosida yasaladigan Ç ni kiritish mantiqsiz deyishdi.

    Mayli, bu gapda jon bordir. Lekin S ni shu turishicha Ch o‘rniga qabul qilib qo‘yaqolaylik degan (nazarimda, jo‘yali) taklif o‘tmadi. “Biz turkiy dunyo bilan yaqinlashishimiz kerak” deyishdi.

    Xo‘p, unda unlilarni, xususan, O‘ va I ni ham ikkitadan qilaylik, turkiy dunyoga yaqinlashish maqsad bo‘lsa degan savolga javob esa bunday bo‘ldi:

    “Turklar qanday eshitsa, shunday yozadi, ularda yozuvda orfoepik prinsip birlamchi, bizning tilga bu xos emas. Biz o‘z manfaatlarimizni birinchi o‘ringa qo‘yishimiz kerak”.

    Ya’ni, standartlar va prinsiplar bir xil emasligini, o‘rniga qarab o‘zgarib turganini siz ham angladingiz, shundaymi?

    Maqsad, S ni alifboga kiritish, Ch ni aynan turklardek yozish, ammo jaa turklashib ketmaslik.

    J ikkita bo‘lsa, nima qilibdi?

    Men amaliyotchi sifatida bunga qarshi chiqdim (bilib qo‘yinglar-da :) ) S ni Ch o‘rnida qabul qilish yoki S ni shunchaki alifboga kiritmay, Ç ni qabul qilish, ya’ni J ni ikkita qilmaslikni yoqladim. Lekin hozircha olimlarning qo‘li baland keldi.

    Boshqa (hozircha ehtimoliy) o‘zgarishlar bunday:

    • O‘ – Ŏŏ
    • G‘ – Ğğ
    • Sh – Şş
    • NG – alifbodan olib tashlanadi
    Oxirgi gapni qonunchilik palatasi aytadi.

    Shuningdek, huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ham lotin yozuvining isloh qilinishi borasidagi fikrlarini o‘z Telegram kanalida yozib qoldirdi:

    Haqiqatdan lotin yozuvimizning uzoq kutilgan islohotiga yaqin qolgani kishini xursand qiladi. Nihoyat nazariyotchi olimlarimiz va amaliyotchi mutaxassislarimiz bir yoqadan bosh chiqarishga harakat qilib (konferensiyadagi gap-so‘zlardan boshlar bir yoqadan chiqmayotganga o‘xshaydi), bir to‘xtamga kelishayotgani bu o‘zbek tili uchun olamshumul ijobiy jarayon ekanligini tan olishimiz kerak.

    Kanalim orqali ancha avval lotin yozuviga asoslangan alifbomizni imloh qilish kerakmi, degan savol bilan murojaat qilgan edim. O‘shanda 583 kishi (68%) isloh qilish tarafdori, 178 kishi (20,7%) hozirgidek qolishni yoqlagan bo‘lsa, 98 kishi (11,3%) kirillchada yozishni davom ettirishini aytgandi.

    Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

    Foto: Telegram / “Xushnudbek.uz”

    Men o‘z pozitsiyamni doim aytib kelganman — alifbomizning islohoti suv va havodek zarur, degichlar tarafdaman.

    Oxirgi harakatlardan xulosa qilish mumkinki, islohot bo‘lishi aniq. Faqat bu qay ko‘rinishda, mana bunisi ham juda muhim. Islohotlar mavjud muammolarni bartaraf etishga yordam beradimi yoki u navbatdagi muammolarni keltirib chiqaradimi? Yoki muammoning yarmini yechib, qolganini o‘z holicha tashlab qo‘yadimi?

    Umid qilamizki, soha mutaxassislari bu bo‘yicha nisbatan ma’qul variantni tanlashadi. Barcha uchun eng optimal variant bo‘lmaydi baribir. Kimgadir u yoqadi, kimgadir bu. Hammaning ko‘nglidan chiqishni iloji yo‘q.

    Masalan, menga “J” harfini ikkita qilish taklifi mutlaqo yoqmadi.

    Bizda bir muammoning yechimi albatta keyingi muammolarni keltirib chiqarishi shartmi? Albatta oddiy xalq uchun yaxshigina “syurpriz” tayyor turishi kerakda, a?

    Masalan, taklifga ko‘ra, bundan buyon quyidagicha yozilishi kerak:

    • Andijon - Andicon
    • Jajji - Cacci
    • Janjal - Cancal
    • Jonajon - Conacon
    • Jamol Kamol (yozuvchimiz) - Camol Kamol
    • Jamuljam - Camulcam
    • Jang-jadal - Cang-cadal
    • Jimjit - Cimcit
    • Jar - car
    • Onajon - Onacon
    “Obboooooo. Mana shunaqa takliflardan keyin “o‘”, “g‘”, “sh”, “ch” harflari ham bir chiroyli ko‘rinib ketarkaney.

    Alifboni isloh qilish jarayonida hormay-tolmay mehnat qilayotgan insonlar, Sizlarga ming rahmat! Shu ishga kim bosh qo‘shayotgan bo‘lsa, umridan baraka topsin. Lekin iltimos, iltimos, iltimos, “J”larimizga tegmanglar. “J”ga tegib, qattiq adashyapsizlar. “J”larimizni tinch qo‘ying. Yo‘qsa, hammayoq “J” bo‘lib ketishi mumkin”, — deb yozadi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

    26.10.2018, 17:08   Izoh (0)   45233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Endi tabiblar litsenziya asosida faoliyat yuritadi

    26.10.2018, 16:55

    Chustda 30 kishi kabobdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi

    26.10.2018, 16:30

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi qurilishini ko‘zdan kechirdi

    26.10.2018, 16:03

    BIOLINE KOSMETIKS – butun oila uchun kosmetik vositalar tanlovi: yuqori sifat va barchani quvontiradigan narxlarda

    26.10.2018, 15:30

    Samarqandda yuz bergan mudhish qotillikning videosi paydo bo‘ldi

    26.10.2018, 14:59

    O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi Big Idea Challenge ko‘rik-tanlovini o‘tkazadi

    26.10.2018, 13:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.