Suriyada “Jabhat an-Nusra” terrorchilik guruhi Idlib viloyati bo‘yicha kelishuvni bajarishga xalaqit bermoqda. Bu haqda Saudiya Arabistonining Iordaniyadagi elchisi Holid bin Turkiy Al Saud ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Sentabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Idlib viloyatida 15-oktabrga qadar qurolsizlantirilgan hududni tashkil etishga kelishgan edi.
“Hozirda ‘an-Nusra’ Idlibda bo‘lib, Idlib kelishuviga xalal bermoqda. Kelishuv suriyalik birodarlarning hayoti va mol-mulkini saqlab qolishi va ular terrorchilik tashkiloti garovga olgan kishilarga aylanmasligiga umid qilamiz”, — deydi Saudiya elchisi.
Uning so‘zlariga qaraganda, guruhni Qatar va allaqanday “Arabistonga aloqasi bo‘lmagan mamlakat” qo‘llab-quvvatlamoqda.
Izoh (0)