Samarqanddagi “Ulug‘bek shoh bekati yaqinida sement ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Bu haqda hodisa guvohlari Facebook orqali ma’lum qildi.
Fotoxabarda qayd etilishicha, yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida yo‘lovchilarga zarar yetmagan. Haydovchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.
“Haydovchida ochiq sinishlar ko‘zga tashlanmadi. Biroq, aftidan u qattiq jarohatlangan. Uni ‘Tez yordam’ mashinasida olib ketishdi”, — deb yozadi hodisa guvohlaridan biri.