2018-yil 10-oktabr kuni soat 01:20 atrofida Karmana tumani hududidan o‘tuvchi M-37 “Qiziltepa—Karmana” yo‘lining 188-kilometrida Nexia mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan SHAANXI SX rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
YTH oqibatida 7 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi. Ularning barchasi Nexia haydovchisi va yo‘lovchilaridir.
Halok bo‘lgan fuqarolar:
G‘afur Rahmatov, 1985-yilda tug‘ilgan;
Intizor Jo‘rayeva, 1986-yilda tug‘ilgan;
Zarnigor Jo‘rayeva, 1991-yilda tug‘ilgan;
Fayoz Shaxriyorov, 1987-yilda tug‘ilgan;
Asadbek G‘ulomov, 2010- yilda tug‘ilgan;
Shoxrux G‘ulomov, 2013-yilda tug‘ilgan;
Firdavs Sobirov, 2016-yilda tug‘ilgan.
Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.