Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumandagi “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini va “Jayxun” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi, deb yozadi O‘zA.
Unda ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha 200 dan ortiq buklet tarqatildi. Targ‘ibot ishlari davomida murojaat qilgan 6 nafar fuqaroga elektr tarmog‘iga ulash bo‘yicha bitta, elektron raqamli imzo olish bo‘yicha 2 ta, qurilishi tugallangan (rekonstruksiya qilingan) obyektni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha bitta, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 2 ta va o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan bir martalik umumdavlat aksiya doirasida mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha 2 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.
Shu bilan birga, tadbir davomida Fubo Nukus mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi chet el korxonasi direktori Yin Yulanning qilgan murojaati bo‘yicha qurilishi tugallangan “Qizilmiya ildizi ekstraktini ishlash sexi” obyektini foydalanishga qabul qilish xizmati ko‘rsatildi.
Jamiyat direktori Yin Yulan xorijiy investorlarga yaratilgan sharoit va ko‘rsatilgan sayyor davlat xizmatidan mamnunligini ta’kidladi.
Izoh (0)