Kanadalik fermer Lizel Kennedi qorli maydonda o‘tlab yurgan qo‘ylar suratini e’lon qildi. Manzara bilan qo‘shilib ketgan yuzlab hayvonlarni izlash uning har yillik vazifasi, deb yozadi National Geographic.
Lizel Kennedining fermer xo‘jaligida 500 dan ortiq qo‘y bor. Jun hayvonlarni sovuqdan himoya qiladi, shu bilan birga, niqoblanishga imkon beradi. Junning ranggi o‘simliklarninig kuzgi ranggi bilan uyg‘unlashib ketadi.
Kennedining aytishicha, u birinchi marta qo‘ylarning yonidan ularni payqamasdan o‘tib ketgan. Qo‘ylarni o‘simliklardan farqlash uchun ularga 15 metrga yaqinlashish kerak bo‘lgan.
Izoh (0)