Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘t o‘chiruvchilar Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi yonib ketgan Milliy muzey vayronalarida qadimgi ayol Luziyaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan bosh suyakni topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Yoshi taxminan 11 ming yilni tashkil qiladigan ayolning bosh suyagi 1974-yilda braziliyalik va fransiyalik arxeologlar tomonidan Lapa-Vermelya g‘orida topilgan. Luziya qit’aning dastlabki aholisi vakillaridan bo‘lgan, deb hisoblanadi. Uning qoldiqlari Milliy muzeyning eng qimmat eksponatlaridan biri hisoblangan.

Endi topilma ekspertlar tomonidan o‘rganiladi va uning haqiqatdan ham Luziyaga tegishli yoki yong‘in vaqtida halok bo‘lgan boshqa kishiniki ekanligi aniqlanadi. Ta’kidlanishicha, bosh suyak qazilma qoldiqlar saqlangan binodan topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi