Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Marsni tadqiq qiluvchi Opportunity qurilmasi yana 45 kun faol ravishda qidiriladi, deb qaror qilgan NASA. Qurilmani qidirish ishlari ikki oydan buyon davom etmoqda, biroq agar javob bo‘lmasa, qidiruvlarni yanvarda davom ettirishga qaror qilingan. NASA qurilmaning yo‘qolganini tan olmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Qidiruv qurilmasi haftasiga uch marta signal jo‘natmoqda, biroq javob kelmayapti. Opportunity’ning yo‘qolishiga chang bo‘roni sabab bo‘lgani aytilmoqda. Quyosh batareyasi quvvatlana olmagan va uxlash rejimiga o‘tib qolgan.

Olimlarning fikricha, bo‘ron tinganidan keyin qurilma uyg‘onishi kerak va signal yuborish uchun unga quvvat yetadi. Qurilmaning quvvat olishi uchun yetarlicha yorug‘lik kerak. Biroq Opportunity ishni tiklash uchun yetarlicha quvvatni bera olmasa, muammolar yuzaga kelishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya lirasi yana rekord darajada tushib ketdi
Mahalliy
Buxoroda ayol yuk poyezdi ostida qoldi. U o‘z joniga qasd qilgan
Mahalliy
O‘zbekiston Xitoyga qovun qoqi va loviya eksport qiladi