Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Popda joylashgan IIB YHXB huzuridagi 1-tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi boshlig‘i Shavkat Ergashev o‘zini “Ulug‘bek” deb tanishtirgan shaxs tanishining Damas mashinasiga chiroyli davlat raqam belgisi taqdim etish va agregat muhrini navbatsiz bosib berish evaziga pora taklif etayotganligini bildirib, rahbariyatdan mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rishni so‘radi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

“Ulug‘bek” bo‘linma binosida huquq-tartibot xodimiga 150 ming so‘m pora berayotganda viloyat IIB o‘z xavfsizligi bo‘limi, Pop tuman prokuraturasi va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Dastlabki surishtiruvda ushbu shaxs Namangan tumanida yashovchi S.Ulug‘bek ekanligini aniqlandi. Unga nisbatan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etish joizki, bu yakunlangan avgust oyining o‘zida viloyatda IIB xodimlariga pora berishga urinish bilan bog‘liq uchinchi holat bo‘ldi. Oldinroq YPX inspektori va profilaktika inspektoriga pora bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda joriy yilning 9 oyida sodir bo‘lgan YTHlarda 82 kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Sport
JCH—2022 Lionel Messi uchun oxirgi mundial bo‘ladi
Mahalliy
“Qabulda Olmaliq va Ohangaron shahri, Ohangaron tumani hokimi ham bor, avval ularga murojaat qiling, hal bo‘lmasa menga keling” — Zoir Mirzayev (video)