Mustaqillik bayrami munosabati bilan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida xizmat qilib, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan va vafot etgan xodimlarning yaqin qarindoshlari va farzandlari holidan xabar olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB ma’lum qildi.
Jumladan, Toshkent viloyati IIB mas’ul xodimlari vatan tinchligi yo‘lida o‘z jonini fido etgan fidoyi sobiq xodimlarning oilalari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Ushbu oilalarga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)