Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli yo‘qligini ma’lum qildi, biroq qurolli kuchlarni o‘z imkoniyatini oshirishga chaqirdi. Bu haqda Xomanaiyning rasmiy saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: AFP

Foto: AFP

“Qurolli kuchlar ogohlik va boshqaruvdagi moslashuvchanlikni namoyon etishi, kun sayin o‘z texnik imkoniyatlari va inson resurslarini yaxshilab borishi kerak. Shuningdek, qurolli kuchlar shayligini kuchaytirish uchun ko‘rilgan har bir chora — Alloh hurmatini joyiga qo‘yish ekanligini bilishi lozim”, — dedi Xomanaiy. U siyosiy hisob-kitoblar nuqtai nazaridan urush boshlanishi ehtimoli yo‘qligini ta’kidladi.

Kuni kecha, IRNA agentligi Eron mudofaa vazirligi ballistik va qanotli raketalar quvvatini oshirish, shuningdek, yangi avlod qiruvchi samolyotlari, dengiz kemalari va o‘ta og‘ir vazndagi suvosti kemalarini xarid qilishni rejalashtirayotganligini ma’lum qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Qirg‘iziston
“Rosatom” yana bir Markaziy Osiyo davlatida AES qurmoqchi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Italiya ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto) 
Mahalliy
Andijonda o‘g‘li o‘ldirib, kanalga tashlab yuborilgan otaning murdasi Farg‘onadan topildi