Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Urganch davlat universiteti qoshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Muzey fondi professor-o‘qituvchilar, yosh olim va talabalar hamda keng jamoatchilikning faol ishtirokida arxiv hujjatlari, O‘zbekiston Markaziy davlat arxivi, Ichan-qal’a muzey fondi materiallari bilan boyitilgan.

Muzeydan 1937-yili deportatsiyada Xorazm viloyatiga ko‘chirib keltirilgan koreys diasporasi vakillari bilan hamkorlikda yig‘ilgan materiallar ham o‘rin olgan.

Bu yerda qatag‘on qilingan o‘zbekistonliklarning tarixini tadqiq qilish maqsadida ilmiy tadqiqot ishlari, talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalarini olib borish yo‘lga qo‘yiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistondagi boshqa oliy ta’lim muassasalarida ham shunday muzeylarni tashkil etish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gonsalo Iguain futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi
Mahalliy
Chirchiqdagi korxonada yuz bergan portlashda hech kimga zarar yetmagan — “O‘zkimyosanoat”
Dunyo
Qozog‘iston: KXSHT Ukrainaga qarshi urushda qatnashmaydi