Ichki ishlar organlarining patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlari xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari patrul-post va yo‘l-patrul xizmatlarining jamoat tartibini muhofaza qilishda o‘rnak ko‘rsatgan xodimlariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kredit berish tartibi joriy etildi.
Kreditlar 10 yilgacha muddatga, sotib olinadigan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi miqdorini dastlabki badal sifatida to‘lagan holda, foiz stavkasi kredit berish sanasida Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi miqdorida (14 foiz) hisoblangan holda beriladi.
Izoh (0)