Xitoyning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan Yan O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Elchi xonim o‘z dastxati bilan kirill alifbosida, o‘zbek tilida bitgan tabrikda quyidagilar yozilgan:
“Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin! O‘zbek xalqiga tinchlik-omonlik tilayman! O‘zbekiston doimo gullab-yashnasin!”
Izoh (0)