Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jizzaxda xalqaro investitsion forum o‘z ishini boshladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Viloyat tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu tadbirdan maqsad Jizzaxning investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy ko‘rgazmasini tashkil etishga qaratilgan.

Forumda Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Latviya, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Singapur, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya singari 28 mamlakatdan 300 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashmoqda.

Xalqaro investitsion forum doirasida O‘zbekiston avtomobil sanoatining yangi mahsuloti — Chevrolet Tracker namoyish etildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Tracker 4 qatorli benzinli dvigatelga ega. Avtomobil kuzovi uzunligi 4255, kengligi 1775, balandligi 1650, g‘ildirak bazasi 2555 millimetrni tashkil etadi. Ishlash hajmi 1796 sm3.

Mashinaning maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi. Yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga 7,1 litr, bak hajmi 53 litr.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Chevrolet Tracker joriy yil sentabr oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi