Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Uzun tuman Kengashining zamonaviy usulda barpo etilgan binosi, “Uzun Ravnaq Fayz” savdo kompleksi va tuman dehqon bozorining bugun foydalanishga topshirilishi eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga ajoyib tuhfa bo‘ldi.

Tumanning 165 ming nafardan ortiq aholisi istiqomat qilayotgan 45 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi Kengash binosida 700 million so‘mlik qurilish-montaj va jihozlash ishlari amalga oshirildi. Mahalla markazida xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar xalqimizga malakali va sifatli xizmat ko‘rsatishga to‘la imkon beradi.

“Uzun Ravnaq Fayz” savdo kompleksi qurilishiga esa 15 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanib, bu yerda sotuvchi va xaridorlar uchun qator qulayliklar yaratildi. 138 ta savdo shoxobchasi tashkil etilib, turli arzon va sifatli buyumlar savdosi yo‘lga qo‘yildi, 450 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Foydalanishga topshirilgan tuman dehqon bozori pavilyonlarida go‘sht, sut, tuxum va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda xo‘jalik mollari sotishga mo‘ljallangan 596 ta savdo rastasi mavjud. Barcha inshootlar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash ombori, avtomobil to‘xtash joyi qurilgani sotuvchi va xaridorlarga yanada qulaylik yaratmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun 7,5 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. 750 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, viloyatimiz shahar va tumanlarida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik, yaratuvchanlik, tashabbuskorliklarning barchasi odamlarning hayotidan mamnun, jamiyatdan rozi bo‘lib yashashiga qaratilgani bilan yanada quvonarlidir.

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda sodir etilgan mudhish qotillik yuzasidan mahalla mas’ullari va hudud noziriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan — Bosh prokuratura
Mahalliy
O‘zbekiston internetda mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro bitimni tasdiqladi
Mahalliy
Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Samarqandga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi