O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan davlat xizmatlari markazlari jismoniy va yuridik shaxslarga namunali xizmat koʻrsatmoqda, deb yozadi O‘zA.
Buni Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati misolida koʻrish mumkin. Joriy yilning oʻtgan davrida markazda 1 ming 458 tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Shundan 338 tasi yuridik, 1 ming 120 nafari jismoniy shaxsdir.
“Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida 30 sotix yer olgan edim, – deydi yakkabogʻlik Uchqun Eshmoʻminov. – Shu joyni dehqon xoʻjaligiga aylantirish boʻyicha davlat xizmatlari markaziga murojaat qildim. Murojaatim tezda koʻrib chiqilib, ijobiy hal etildi. Yerni hujjatlashtirish ishlari ortiqcha ovoragarchiliksiz hal boʻldi. Bundan juda mamnun boʻldim. Boisi bu muammoga ilgari ham duch kelganman. Bir maʼlumotnoma olish uchun tuman markaziga uch kun qatnagan kunlarimiz ham boʻlgan”.
Izoh (0)