Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov davlat organlari va idoralar rahbarlariga, jumladan mahalliy hokimliklarga aniq ish reglamentini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Majlislar tartibi va samaradorligini oshirish maqsadida ular sonini keskin kamaytirish nazarda tutilmoqda: ular reja-jadval boʻyicha oʻtkazilib, haftasiga 2—3 martadan oshmasligi lozim. Bundan tashqari, majlislar davomiyligi respublika darajasida 2 soatgacha, viloyat, tuman va shahar darajalarida 1—1,5 soatgacha qisqartiriladi.

Abdulla Aripov majlislarni noqulay vaqtda (tong sahar va kechqurun) oʻtkazilishini va ularga umumiy masalaga aloqasi boʻlmagan agentliklar va jamoatchilik tashkilotlari rahbarlari hamda xodimlarini, fermerlar va tadbirkorlarni chaqirishni taqiqladi. Shu bilan birgalikda har bir qatnashchining chiqishi 5—7 daqiqa qilib cheklash belgilandi.

Mazkur hujjatda respublika markaziy apparatidan hududlarga komissiya va ishchi guruhlarining borishi faqatgina kompleks rahbarining ruxsati bilan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilgan. Xizmat safarlarining samaradorligi boʻyicha nazorat oʻrnatish belgilandi.

Bosh vazir ortiqcha qogʻozbozlikka chek qoʻyish va quyi organlar hamda mahalliy hokimiyatlardan keraksiz hisobotlar va maʼlumot olishni toʻxtatish boʻyicha topshiriq berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Rossiyaning davlatchilik taqdiri shu oylarda asosiy yo‘nalish oladi” — siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov
Mahalliy
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 27-sentabr kuni kuchli shamollar bo‘lishi mumkin
Dunyo
Qozog‘iston chegara xizmati safarbarlikdan qochgan rossiyaliklarni qo‘lga oldi