Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlar hisobini yuritish tartibi belgilandi, deb yozadi Spot Vazirlar Mahkamasi qaroriga tayanib.

Foto: Spot

Foto: Spot

Birinchi marta raqamli mahsulotlarga aniq tavsif berildi — bular intellektual mulk obyektlarining elektron nusxalari (raqamli tovarlar), shuningdek, elektron axborot muhitida moddiy natijaga ega bo‘lmagan muayyan harakatlar yoki muayyan faoliyatni amalga oshirish, shu jumladan, “bulutli texnologiyalar” xizmatini xarid qilish va unga obuna bo‘lish xizmatlari (raqamli xizmatlar).

Raqamli mahsulotlar importi — raqamli mahsulotlar uchun mutlaq huquqlar yoki raqamli mahsulotlardan foydalanish huquqini berish.

Moddiy tashuvchilarda tarqatiladigan raqamli mahsulotlar bo‘yicha bitimlar boshqa tovarlar bilan tuziladigan bitimlarga o‘xshash tarzda hujjat bilan tasdiqlanadi.

Agar ularning moddiy tashuvchilari bo‘lmasa, ular elektron cheklar, invoys nusxalari, tranzaksiyalar skrinshotlari kabilar bilan tasdiqlanadi.

Tegishli ravishda, import va eksport chog‘ida moddiy tashuvchilarda tarqatiladigan mahsulotlar bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tishi kerak, agar ular internet orqali yetkazilsa, rasmiylashtirilmaydi.

Shuningdek, raqamli mahsulotlarning buxgalteriya hisobiga ham aniqlik kiritilgan. Bunday ishlar ijrochida bajarilgan ishlarni amalga oshirishdan olingan daromad sifatida, buyurtmachida esa — nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog‘liq xarajatlar sifatida rasmiylashtiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi
Dunyo
“Rossiya bahorda yangi hujum boshlash uchun Ukrainadagi urushni muzlatmoqchi” — Stoltenberg