Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov (avval Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan) tashabbusi bilan tashkil etilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Spot.

Foto: Spot

Foto: Spot

Unda soliqqa tortishning yangi tizimida turoperatorlar uchun QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i)ning nol qiymatini qo‘llash imkoniyati muhokama qilindi.

Turoperatorlar fikricha, turistik faoliyat subyektlarining umumiy soliqqa tortish tizimiga o‘tkazilishi korxonalarga soliq yuklamasining oshishiga, natijada O‘zbekistonga turlarning 20—25 foizga qimmatlashishiga olib keladi, bu esa O‘zbekistonga sayyohlar oqimi pasayishiga sababchi bo‘ladi.

Davlat soliq qo‘mitasi vakillari Soliq kodeksining yangi tahrir ishlab chiqilayotgani haqida gapirib, soliqqa tortishning yangi tizimini tushuntirib berdi. Shuningdek, ular xizmatlar eksportchilarini mahsulotlar eksportchilari bilan tengma-teng qo‘llab-quvvatlash fikrini yoqlab chiqdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi