Amerika prezidenti Donald Tramp Turkiyadan keltiriladigan alyuminiy va po‘lat uchun bojlarni ikki karra oshirishga qaror qildi. Bu haqda AQSh yetakchisi Twitter’dagi akkauntida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Hozirgina, turk lirasi bizning juda mustahkam dollarga nisbatan shiddat bilan pasayib borayotgan bir paytda, Turkiyaga nisbatan po‘lat va alyuminiy uchun bojlarni ikki karra oshirish haqida qaror qabul qildim. Alyuminiy uchun bojlar 20 foiz, po‘lat uchun esa 50 foizni tashkil etadi. Turkiya bilan munosabatlarimiz hozir yaxshi emas”, — deb yozdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, AQSh 1-avgust kuni Turkiya ichki ishlar vaziri va adliya vaziriga qarshi sanksiyalar joriy etgan edi.
Izoh (0)