Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida 10-avgust kuni “GAZ-52” yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Voqea tumanning Suloqli mahallasi hududida yuz bergan. “Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Xabar berishlaricha, yong‘in oqibatida avtomashinaning motor va salon qismi yonib zarar ko‘rgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida kuygan haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)