Nukus dehqon bozori oldidagi tunnelda qayta ta’mirlash ishlari boshlanganligi haqida xabar berilgan edi. Bunga ham roppa-rosa 7 oy bo‘ldi, deb yozadi “KRuz.uz”.
Tunnelni ta’mirlash ishlari noqulay ob-havo va boshqa texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgandi.
Ayni paytga kelib esa qurilish ishlari oldinga siljidi. Tunnelning pastki qismidan chiqayotgan suv to‘xtatildi. Tunnelning kirish-chiqish qismiga qum, shag‘al to‘kilib, beton yotqizish ishlari boshlangan.
Izoh (0)