Xorazmda erkak tanishining yuziga qo‘li bilan urib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
5-avgust, yakshanba kuni Xorazm viloyati Urganch tumanining Chakkasholikor qishlog‘ida R.X. mast holda X.A. bilan janjallashib, uning yuziga qo‘li bilan urgan. X.A. boshi bilan yerga yiqilib jarohat olgan. X.A. kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. R.X. qo‘lga olingan.
Izoh (0)