• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Usama ben Ladenning onasi: U miyasiga yot g‘oyalarni singdirgan odamlarni uchratmasidan avval juda yaxshi bola edi

    “Al-Qoida” terrorchilik guruhining asoschisi va yetakchisi Usama ben Ladenning onasi Aliya Ganem Britaniyaning The Guardian gazetasiga ilk bor intervyu berdi.

    Foto: The Guardian

    Foto: The Guardian

    Hozir u Saudiya Arabistoni g‘arbida joylashgan Jidda shahridagi hashamatli uyda Usamaning ukalari — Ahmad, Hasan va ikkinchi turmush o‘rtog‘i Muhammad Al-Attas bilan birga yashaydi.

    11-sentabr voqealaridan so‘ng deyarli 17 yil o‘tdi, Usama ben Ladenning oilasi esa hamon Saudiya jamiyatining nufuzli qismi bo‘lib turibdi.

    “Hayotim o‘ta qiyin kechdi, chunki u mendan olisda edi. U juda yaxshi bola edi, meni juda yaxshi ko‘rardi”, deydi onasi. Aliya Ganemning aytishicha, Usamani uch yoshidan boshlab ikkinchi eri katta qilgan.

    Gazetaning qayd etishicha, Usama ben Laden oilasi sulolaviy qurilish imperiyasining egasi hisoblangani bois hamon podshohlikning eng boy oilalaridan biri bo‘lib turibdi. Hozirgi Saudiya Arabistonidagi aksariyat bino va inshootlarni aynan ular qurgan.

    Ko‘p yillar davomida Aliya Ganem, uning butun oilasi kabi, o‘g‘lining faoliyati haqida izoh berishni rad etib kelgan. U Usama ben Laden “Al-Qoida” guruhiga 20 yil davomida rahbarlik qilganida, Nyu-York va Vashingtonga zarbalar berilganda, shuningdek, Usama Pokistonda o‘ldirilganidan so‘ng to‘qqiz yil davomida hech qanday intervyu bermagan.

    Saudiya davlatidagi eng nufuzli oilalaridan birining harakatlanishi va o‘zaro aloqalari jiddiy kuzatuv ostida qolmoqda. Shuning uchun intervyu uchun rasmiylardan ruxsat olish talab etildi. Bunga Saudiya Arabistonining 32 yoshli shahzodasi Muhammad bin Salmon rozilik berdi.

    Saudiya hukumati vakili ishtirokida o‘tkazilgan intervyu vaqtida Usama ben Ladenning oilasi o‘zini ehtiyotkor tutdi.

    Ona o‘zining to‘ng‘ichi — Usama ben Ladenni o‘qishga ishtiyoqmand uyatchan bola sifatida eslaydi. Uning aytishicha, universitetdagilar uni o‘zgartirgan va u boshqa odamga aylangan.

    “U 20 yoshida, miyasiga yot g‘oyalarni singdirgan odamlarni uchratmasidan avval juda yaxshi bola edi. Ular o‘z ishi uchun pul olgan. Men unga doimo ulardan uzoqroq yurishni aytardim. U hech qachon menga nima qilayotganini aytmasdi, chunki u meni juda yaxshi ko‘rgan”, — deya eslaydi Aliya Ganem.

    Onaning aytishicha, u universitetda uchratgan odamlardan biri keyinchalik Saudiya Arabistonidan surgun qilingan va Usama ben Ladenning diniy maslahatchisiga aylangan “Musulmon birodarlar” tashkiloti a’zosi Abdulla A’zam bo‘lgan.

    1980-yillarning boshlarida Usama ben Laden Afg‘onistonga jo‘nab ketgan.

    Onaning so‘zlariga ko‘ra, u Usama jihodchi bo‘lishini hech qachon xayoliga keltirmagan. O‘g‘li kimga aylanganini tushungach, qattiq ranjigan. Shunga qaramay, ukasi Ahmadning aytishicha, onasi kamdan-kam holatlarda akasiga haqqoniy baho bergan.

    “11-sentabrdan beri 17 yil o‘tdi, u hamon Usamani ayblashdan bosh tortmoqda. Buning o‘rniga atrofdagilarni ayblaydi. U ‘yaxshi bola’ning bu tomonlarini ko‘rmadi”, — deydi Ahmad.

    Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-Yorkdan 11-sentabr fojiasi haqida xabarlar kela boshlagach, u ushbu ishlar ortida ularning akasi Usama bo‘lganini bilgan.

    “Men qattiq ta’sirlandim. Bu g‘alati tuyg‘u edi. Biz dastlabki 48 soat ichida bu Usama ekanligini bilgandik. Kattadan kichikkacha barchamiz undan uyalardik. Hammamiz buning oqibati yaxshilik bilan tugamasligini bilardik”, — deydi Ahmad.

    Oila a’zolarining so‘zlariga ko‘ra, ular oxirgi bor Usama ben Ladenni 1999-yil Afg‘onistonda, Qandahor yaqinidagi bazada ikki bor yo‘qlaganlarida ko‘rishgan.

    03.08.2018, 21:32   Izoh (0)   109421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreyada anomal issiqdan halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi

    03.08.2018, 19:22

    Qozog‘istonda sirtqi ta’lim bekor qilinadi

    03.08.2018, 16:12

    Buryatiyadagi YTHda besh kishi halok bo‘ldi

    03.08.2018, 16:11

    Tramp OAVlarning katta qismini “xalq dushmanlari” deb atadi

    03.08.2018, 12:13

    Estoniya maxsus xizmatlari: Yandeks.Taksi Rossiyada ma’lumotlarni chiqarib yubormoqda

    03.08.2018, 12:00

    Moskvada “GTA to‘dasi” haqidagi ish bo‘yicha hukm bugun e’lon qilinadi

    03.08.2018, 11:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 4 iyul, 09:25

    Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs qabristondan topildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 09:14

    Tramp Oq uy hududida UFC jangi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi

    Dunyo | 4 iyul, 09:03

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    Futbol | 4 iyul, 08:46

    Ohangaron shahar hokimligi mansabdori qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 08:31

    Moskvada ozarbayjonlik “qonundagi o‘g’ri” qo‘lga olindi (video)

    Dunyo | 4 iyul, 08:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.