Dunyoning eng xavfsiz 10 ta aviakompaniyasi (fotogalereya)
Parvozdan qo‘rqish zamonaviy dunyoda eng ko‘p tarqalgan hodisalardan biridir. Buning asosiy sababi esa aviahalokatga uchrab qolishdan qo‘riqish hisoblanadi. AdMe esa dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyalari reytingini tuzib taqdim etdi.
Virgin Australia, Avstraliya
Foto: AdMeVirgin Australia kompaniyasiga 1999-yilda asos solingan. Shundan boshlab, uning samolyotlari bilan bog‘liq birorta ham noxush hodisa yuz bermagan.
Emirates, BAA
Foto: AdMe37 yillik tarixida Emirates kompaniyasi samolyotlari biror marta ham aviahalokatga uchramagan. Yaqin Sharqda eng yirik aviakompaniyalardan biri bo‘lib, haftasiga 2500 reysni amalga oshiradi.
Virgin Atlantic Airways, Buyuk Britaniya
Foto: AdMeVirgin Atlantic Airways’ga 1984-yilda asos solingan. Kompaniya samolyotlari bilan noxush holatlar sodir bo‘lgan bo‘lsa, ular ham biror marta inson o‘limi bilan yakunlanmagan.
KLM, Niderlandiya
Foto: AdMeKLM’ga 1919-yilda asos solingan bo‘lib, dunyodagi eng “keksa” aviakompaniyalardan biridir. Kompaniya samolyoti bilan so‘nggi bor 1977-yilda aviahalokat sodir bo‘lgan.
Easy Jet, Buyuk Britaniya
Foto: AdMeEasy Jet 1995-yilda tashkil topgan. Har yili uning xizmatlaridan 50 milliondan ortiq odam foydalanadi. Loukosterlar orasida Ryan Air’dan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Kompaniya samolyotlari biror marta ham aviahalokatga uchramagan.
Finnair, Finlandiya
Foto: AdMeFinnair tashkil topganiga 50 yildan oshganiga qaramay, uning samolyotlari bilan biror marta ham aviahalokatga sodir bo‘lmagan. Uning xizmatlaridan yiliga 10 milliondan ortiq inson foydalanadi.
Etihad Airways, BAA
Foto: AdMeEtihad Airways’ga Abu-Dabida 2003-yilda asos solingan. Kompaniya tarixidagi yagona noxush hodisa 2007-yilda sodir bo‘lgan, u ham qurbonlarsiz yakun topgan.
Spirit Airlines, AQSh
Foto: AdMeSpirit Airlines — oddiy loukoster emas, u yo‘lovchilarni eng arzon tashuvchi aviakompaniyalardan biridir.
Lufthansa, Germaniya
Foto: AdMeLufthansa tashkil topganiga deyarli 59 yil bo‘ldi. Yevropadagi eng yaxshi aviakompaniyalardan biri. Kompaniya samolyotlari bilan so‘nggi bor 1993-yilda noxush hodisa ro‘y bergan.
Hawaiian Airlines, Gavayi
Foto: AdMe
Foto: AdMe
Mazkur kompaniyaga 1929-yilda asos solingan. AQShdagi eng yaxshilaridan biri. Uning samolyotlari bilan biror marta aviahalokatga uchramagan.
Izoh (0)