Farg‘onada zovur yoqasidan jasad topildi, qotil qo‘lga tushdi
Farg‘onada zovur yoqasidan jasad topildi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.
Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida shu yil 27-iyun kuni “Jarariq” MFYda yashagan muqaddam sudlangan S.T.ning jasadi “Oltiariq” MFY hududidagi zovur yoqasidan sellofanga o‘ralgan, yerga chala ko‘milgan holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Oltiariq tumanida yashovchi Sh.E. o‘zaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar