Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan Buxoro shahrida tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirlar davomida Buxoro shahar Sallaxona ko‘chasi 8-uyda yashovchi 1967-yilda tug‘ilgan, “Umid travel” mehmonxonasining rahbari Muhabbat Jo‘rayeva tekin boylik orttirish maqsadida ushbu mehmonxonasining 1-xonasida Jondor tumanida yashovchi fuqarolarning o‘zaro jinsiy yaqinlikda bo‘lishlari uchun alohida joy va sharoit yaratib berib, buning evaziga fuqarolardan 150 000 so‘m naqd olib fohishaxona tashkil qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan shahar M.Jo‘rayevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)