Toshkentda 16—17-avgust kunlari “Tojikistonda ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar bermoqda.
17-avgust kuni ko‘rgazmaga Prezident Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tashrif buyurishi kutilmoqda.
Tadbir davomida qo‘shni davlatdagi 50 dan ortiq korxona va kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namoyish etiladi.
Tojikistonda tayyorlangan to‘qimachilik, oziq-ovqat, charm-teri, qurilish, milliy hunarmandlik mahsulotlari, kiyim va matolar, zargarlik buyumlari shular jumlasidandir.
Izoh (0)