Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiya shimoli-sharqidagi Ardenna departamentida yengil motorli samolyotning qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Hodisa departament ma’muriy markazi hisoblangan Sharlevil-Mezyer shahri yaqinida sodir bo‘lgan.

OAV xabarlariga ko‘ra, samolyot bortida jami to‘rt kishi — uchuvchi va uch yo‘lovchi bo‘lgan. Yo‘lovchilarning ikki nafari omon qolgan, 68 yoshli uchuvchi va yoshi hamda ismi oshkor etilmayotgan bir yo‘lovchi esa qurbon bo‘lgan.

Hodisa guvohlarining qayd etishicha, samolyot balandlikka erishishda muammoga duch kelgan. U uchish-qo‘nish yo‘lagidan uncha uzoqda bo‘lmagan daraxtzorga qulagan. Mazkur hodisa sabab shu kuni mahalliy aerodromda rejalashtirilgan qolgan ikki parvoz bekor qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank