Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Vashingtonda “Amerika ovozi” muxbiri Navbahor Imomovaning O‘zbekistonda dindorlik, hijob va soqol bo‘yicha savollariga javob berdi.

Foto: “Amerika ovozi”

Foto: “Amerika ovozi”

“Soqol qo‘yish fuqarolarning o‘z huquqi. Xohlasa qo‘yadi, xohlasa qo‘ymaydi. Bu jamiyatimizning bu sohaga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Qonunchilik bilan taqiqlanmagan. Lekin bir narsani e’tiborga oling, u yoki bu tashkilot, masalan laboratoriya, sud-ekspertiza tashkilotlarida dress-kod cheklovi qo‘yilishi mumkin. U yerga soqol bilan borib ishlay olmaysiz. Bu sog‘liq-salomatlik, kasbning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq cheklov bo‘lishi mumkin”, — deydi Ruslanbek Davletov.

Adliya vazirining bildirishicha, vazirlikka hali “soqolga ruxsat berilmayapti” degan murojaatlar bo‘lmagan.

“Hijob bo‘yicha ham jamiyatimizda hech qanday cheklov yo‘q. Ayollarimiz ko‘chada, mashina haydaganda ham hijob kiyib, o‘z huquqlaridan foydalanib kelmoqda. Qonunchiligimizdagi ‘diniy libos’ni aniq ifoda etish muammo bo‘lib kelgan. Sudlarimizda har xil yondashuv amalga oshirilgan. Buning natijasida oddiy holatlarda ham javobgarlikka tortilgan. Mazkur norma bugungi kun talabiga javob bermagani sababli qayta ko‘rib chiqilyapti. Uning qaysi ko‘rinishda bo‘lishini parlament hal qiladi”, — dedi Ruslanbek Davletov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda