Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaman Oliy siyosiy kengashi raisi Mahdi Al-Mashat Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xat yo‘lladi. Xatda Yamandagi siyosiy ziddiyatni yechishda Putindan yordam so‘ralgan, deb xabar beradi “RBK”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Xatda ikki mamlakat manfaatlariga taalluqli bir necha jihatlar, xususan, Yamanga qarshi agressiya va Saudiya Arabistoni bilan ittifoqdosh mamlakatlarning Yaman g‘arbiy sohillarida harbiy nizo keltirib chiqarayotganiga alohida urg‘u berilgan”, — deyiladi xabarda.

Al-Mashatning maktubida qayd etilishicha, Xodeyda shahri va portini qo‘lga olishga qaratilgan harbiy harakatlar shunchaki Yamanga qarshi fitnaning bir qismi hisoblanadi. Bu fitna, al-Mashatning fikricha, orol, port va dunyodagi muhim hisoblangan navigatsion bo‘g‘ozlar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.

Mahdi Al-Mashat Yaman hukumati mamlakatda tinchlikni ta’minlashga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ham qayd etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Roli sabab tomoshabinlar tanqidi va g‘azabiga uchragan mashhur aktyor va aktrisalar (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-noyabr kuni 124 kishida koronavirus aniqlandi
Dunyo
Putinning askarlar onalari bilan uchrashuvi feykmi? Ushbu uchrashuvda aslida kimlar qatnashgani ma’lum bo‘ldi