20-iyul, juma kuni ertalab AQShning Xyuston shahrida 46 yoshli Liza Mari Merka sobiq turmush o‘rtog‘i va 4 ta farzandi uxlayotgan paytda uyini yoqib yubordi, deb yozmoqda Forum Daily.
Ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i, 55 yoshli Desmond Merka va 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uyni tark etishga ulgurgan. Yong‘in o‘chiruvchilarning aytishicha, 18 yoshli yigit tutun hididan uyg‘onib ketgan va oila a’zolarini uyg‘otgan.
Ayol yong‘inni uyushtirganini tan olgan. U uyga kiraverishdagi soyabonli pillapoyada o‘t oldirgich yordamida yong‘in keltirib chiqargan.
Hukumat ma’lumotiga qaraganda, yong‘in paytida ayol pistolet bilan qurollangan bo‘lgan. Liza hozirda Xarris okrugi qamoqxonasida saqlanmoqda.
Izoh (0)