Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Toshshahartransxizmat” tarkibiga kiruvchi 8-avtobus saroyi va 2-avtobus saroyining ayrim avtobuslariga sinov tariqasida videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi. Bu haqda, “Toshshahartransxizmat”ning Harakat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek To‘rabekovga asoslanib, UzNews xabar berdi.

Foto: Telegram / @vtchannel

Foto: Telegram / @vtchannel

Hozirgi vaqtda ikki yo‘nalishdagi avtobuslarga ikki xil turdagi videokuzatuv moslamalari 15—30 kunlik sinov uchun o‘rnatilgan bo‘lib, sinov yakunlariga ko‘ra ulardan bir turi qolgan barcha avtobuslarga o‘rnatish uchun tanlab olinadi.

Avtobusning old, yon va orqa tomonlaridagi barcha voqea-hodisani to‘liq yozib boruvchi kameralardan tashqari avtobuslarning kirish joylariga yo‘lovchilar sonini hisoblab boruvchi kameralar ham o‘rnatilgan. “Toshshahartransxizmat” bu kamera yordamida yo‘lovchilar sonini, qaysi yo‘nalishlarda avtobuslar sonini ko‘paytirish kerakligini aniqlashni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, haydovchilarning faoliyatini, ularning xatti-harakatlarini kuzatib borish uchun ham alohida videokuzatuv moslamalari o‘rnatilmoqda. “Agar bu sinov ijobiy natija beradigan bo‘lsa, yaqin vaqt oralig‘ida barcha jamoat transportida kameralar o‘rnatiladi”, deyiladi UzNews xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda