Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Vatanparvar” tashkilotining Toshkent shahar kengashi tasarrufidagi “Olmazor o‘quv sport texnika klubi” unitar korxonasi boshlig‘i Z.M. fuqaro B.X.ga o‘quv mashg‘ulotlariga kelmasa ham chora ko‘rmaslik va topshirilishi lozim bo‘lgan salomatlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani olishda yordam berishni va’da qildi. Buning evaziga 2018-yil 12-mart kuni 300 ming so‘m hamda 100 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, deya xabar beradi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Olmazor tumani sudi tomonidan keng jamoatchilik vakillari ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Sud ishida sudlanuvchi barcha aybiga iqror bo‘ldi. Guvohlarning holat yuzasidan ko‘rsatmalari eshitildi. To‘plangan dalillar yana bir bor ko‘zdan kechirilib, sudlanuvchiga hukm e’lon qilindi.

Z.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan qonunda belgilangan tartibda jazo tayinlandi. Uning avval sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi inobatga olindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi