Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Uzcard kartalariga Rossiyaning Qiwi va Contact o‘tkazmalari orqali pul yuborish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Uzcard matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Uzcard

Foto: Uzcard

Ushbu yangilik Uzcard kartasi egalari hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha banklarning mijozlariga taalluqli.

Pul o‘tkazmalari faqat bir tomonlama amal qilmoqda, ya’ni O‘zbekiston hududiga pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Pul mablag‘i to‘g‘ridan-tug‘ri Uzcard kartalariga tushiriladi. Chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul o‘tkazish imkoni mavjud.

Jo‘natuvchidan 2 foizlik komissiya to‘lovlari yechib olinadi. Tijorat kursi hisob yurituvchi bank tomonidan belgilanadi.

Kompaniya yaqin kunlarda Qiwi va Contact pul o‘tkazmalari xizmatlarining qo‘shimcha funksiyalari ham joriy qilinishini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi