Huawei kompaniyasi yangi, katta displeyli Honor Note 10 smartfonini taqdim qildi. Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru xabar bermoqda.
Tarmoqda smartfonning suratlari e’lon qilindi.
Smartfonning asosiy afzalligi —6,9 dyuym diagonalli ekrani. Smartfon 6 GB operativ va 128 GB doimiy xotiraga ega Kirin protsessorida ishlaydi. 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.
Honor Note 10’ning narxi hozircha e’lon qilinmagan.
Izoh (0)