Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda soxta aviakassa ochib, qalbaki aviachiptalarni sotgan firibgar ustidan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Foto: “Nuz.uz”

Foto: “Nuz.uz”

Fattoh Anorov (ism-shariflar shartli) bir xonani ijaraga olib, ofisga kirishda “Aviakassa” yozuvli peshlavha o‘rnatadi. Xonaga stol-stul, kompyuter va boshqa zarur jihozlarni joylashtiradi.

Avvaliga firibgar “Toshkent—Tyumen” reysiga har biri 352 dollar evaziga ikkita “aviachipta” sotgan. Shundan so‘ng Nyu-Yorkka uchta “elektron chipta”ni pullagan. Keyin esa Fattoh “Samarqand—Moskva” yo‘nalishiga ikkita, “Toshkent—Istanbul” aviareysiga bitta soxta chipta sotgan. Ularning barchasi aeroportga borgach, chiptalari soxta ekani ma’lum bo‘lgan.

Toshkent aeroportidan Samarqandga qaytganlar avvaliga firibgarni topa olmadi. U “Aviakassa”ni yopib, qorasini ko‘rsatmay ketgandi. Biroq u uzoqqa ketolmadi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan Fattoh Anorov barcha qilmishlarini tan oldi.

Sud Fattoh Anorovni 3 yil va 3 oyga ozodlikdan mahrum etdi. Shuningdek, jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar undan undiriladigan bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi