Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar ichki ishlar idoralariga Lacetti rusumidagi avtomobil o‘g‘irlab ketilganligi haqida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga zudlik bilan tezkor-tergov guruhi yetib bordi va “Qo‘lga olish” rejasi e’lon qilindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: IIBB matbuot xizmati

Foto: IIBB matbuot xizmati

Jabrlanuvchi, Farg‘ona viloyatida yashovchi Bahrom I. onasini Toshkent shahriga shifoxonaga olib kelgandi. Mehmonlar Yakkasaroy tumani, Qushbegi mavzesida yashovchi qarindoshlarinikida bir kecha qolishni niyat qiladi. Ko‘p qavatli uy yo‘lagida mashina va uning ichida kaliti ham qoldiriladi.

Ertalab esa avtomobil o‘g‘irlangani aniqlanadi va bu haqda darhol Yakkasaroy tumani IIO FMBga xabar beriladi. Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (“Transport vositasini o‘g‘irlash”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Oradan uch kun o‘tib, qidiruv ishlari o‘z natijasini berdi. Toshkent viloyatining tumanlaridan birida olib qochib ketilgan avtomobil topildi. Barmoq izlaridan olingan namunalar yordamida o‘g‘rilikni sodir etgan shaxs ham aniqlandi. Gumondor avval sudlangan Mahmud A. bo‘lib chiqdi.

Qo‘lga olingan Mahmud A. aybiga iqror bo‘ldi va bundan avval ham haydovchi salonda avtomobil kalitini qoldirib ketgan vaziyatda o‘g‘irlik qilganligini tan oldi. Bundan tashqari, shu yil aprel oyida masjidlardan birida 2 ta uyali aloqa vositasini o‘g‘irlab ketganiga iqror bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi