Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Huawei kompaniyasi EMUI 8.0 qobiqli Android Oreo operatsion tizimigacha yangilanadigan smartfonlar ro‘yxatini ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Ular orasida bir yo‘la yettita qurilma: Huawei P9, Huawei P9 Plus, Huawei Mate 8 va Honor 8, Honor Note 8, Honor V8 hamda Honor 6X smartfonlari bor. Yangilanish 30-iyundan joriy etila boshlandi.

Android Authority’ning ma’lum qilishicha, kompaniya yangilanishlar qaysi hududlardan boshlanishiga aniqlik kiritmagan. Birinchi bosqichlarda Android’ning yangi versiyasigacha faqat Xitoy bozori, keyinchalik boshqa mamlakatlar smartfonlari yangilanishi ehtimoli mavjud.

Ro‘yxatdagi smartfonlarning deyarli barchasi ikki yil avval chiqqan, Huawei Mate 8 esa 2015-yilning boshida taqdim etilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi