Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II Brexit qonun loyihasini ma’qulladi va bu bilan unga qonun maqomini berdi. Bu haqda parlament quyi palatasi spikeri Jon Berkou xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Yangi qonun mamlakat 2019-yilning 29-mart kuni Yevropa Ittifoqidan chiqqandan so‘ng qo‘llanila boshlaydi.
O‘tgan hafta lordlar palatasi Birlashgan Qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi to‘g‘risidagi qonun loyihasining hukumat variantini yakuniy tasdiqladi. U ovoz berishsiz ko‘pchilik tomonidan ma’qullandi.
Bu esa hujjatga tuzatishlar kiritishga urinishlarga chek qo‘ydi. Tuzatishlar parlamentga Brexit shartlarini o‘zgartirish yoki Bryussel bilan kelishuv imzolash imkonsiz bo‘lgan taqdirda Yevropa Ittifoqidan chiqishni bekor qilish bo‘yicha vakolatlar berishni ko‘zda tutar edi.
Izoh (0)