Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Emomali Rahmon O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan tuman faollari oldida qilgan chiqishida o‘zbeklar bilan do‘stlik rishtalari va biznes aloqalarni mustahkamlashga da’vat etar ekan, Shahristonda tojiklar va o‘zbeklar tinch-totuv va hamjihatlikda yashab kelayotganini eslab o‘tdi, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Foto: Sputnik-tj.com

Foto: Sputnik-tj.com

“Siz bizning do‘stligimiz ko‘p asrlik ildizlarga ega ekanligi, uning boshida tojik va o‘zbek xalqlari farzandlari Mavlono Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy turganini esda tutishingiz lozim”,— dedi Tojikiston rahbari.

Shuningdek, Tojikiston rahbari tinchlik va barqarorlik hukmronlik qilayotgan, xalqlari do‘stlik va qardoshlikda yashayotgan davlatlar uzluksiz rivojlanishi, ularning dunyo bo‘ylab nufuzi oshishini ta’kidladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda