Toshkent viloyati Ohangaron shahrida “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “Tadbirkor ayollar manfaati himoyamizda” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ohangaron shahar kengashi tomonidan shahar xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda shahar hokimligi va partiya shahar kengashi mas’ullari, soliq, bank sohasi mutaxassislari, tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar, kollej bitiruvchi qizlari ishtirok etdi.
Mamlakatda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyati, ayniqsa, hunarmandchilik, kasanachilik yo‘nalishidagi oilaviy tadbirkorligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu borada ularga ko‘plab imtiyozlar yaratilgani ta’kidlandi.
O‘quv mashg‘ulotida ishbilarmon xotin-qizlar, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirganlar uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Biznes rejasi muvaffaqiyatli, deb topilgan bir guruh ishtirokchilarga partiya sertifikatlari topshirildi.
Izoh (0)