O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ko‘rsatmasi asosida o‘tkazilayotgan “Qoradori — 2018” tadbiri doirasida Andijon viloyatida giyohvand moddalar bilan bog‘liq 89 holat aniqlandi, deb yozadi O‘zA.
Joriy yil 1-maydan 30-iyunga qadar davom etadigan tadbirlarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkor va mutasaddi idoralar bilan birgalikda giyohvand moddalarning viloyatga olib kirilishi, tarkibida giyohvand moddasi bo‘lgan o‘simliklar yashirin tarzda yetishtirilishining oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirlarda ariq-zovur bo‘ylarida, dala maydonlari chetlarida, 280 metr kvadrat maydonda o‘sayotgan nasha o‘simligi yo‘q qilindi, shuningdek, o‘z xonadonida yashirin tarzda ko‘knori va nasha o‘simligi yetishtirayotgan yetti nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.
Izoh (0)