Andijon viloyati Bo‘z tumanida M.O. ismli erkak xotinini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi “Daryo”ga xabar berdi.
M.O. 19-yanvar kuni taxminan soat 14:00 da oilasi bilan vaqtinchalik yashab kelayotgan xonadonida turmush o‘rtog‘ini xiyonat ustida tutib oladi va begona kishining deraza orqali qochib ketayotganini ko‘radi. M.O. turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, qo‘llari bilan bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib qasddan o‘ldirgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘z tuman sudi M.O.ni 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Izoh (0)