Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand shahridagi xususiy tug‘uruqxonada sun’iy abort yo‘li bilan tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullanib kelingani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasiga tayanib, UzNews ma’lum qildi.

Foto: UzNews

Foto: UzNews

Shifoxona xodimlari chaqaloqlarni soxta hujjatlar bilan 500 dan 2000 dollargacha bo‘lgan narxlarda farzandsiz oilalarga pullagan.

Sotilmay qolgan go‘daklar nobud qilingan. Chaqaloqlarning jonsiz tanalari esa tibbiy chiqindilarni yoqishga mo‘ljallangan mufel pechida yoqib yuborilgan.

Mazkur holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining bir qancha moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudida tug‘uruqxona ma’muriyati hamda xodimlariga hukm o‘qilib, shifoxonaning bosh shifokori Nigora Solixonova 13 yil va 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

Ozodlikdan mahrum etilish ko‘rinishidagi jazo tug‘uruqxonaning boshqa xodimlariga nisbatan ham qo‘llandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi