Rossiyaning veterinariya va fitosanitar nazorat bo‘yicha federal xizmati “Domodedovo” aeroportida O‘zbekistondan keltirilgan uchta itni mamlakatga qo‘ymadi. Bu haqda xizmatning Moskva shahri, Moskva va Tula viloyatlari bo‘yicha boshqarmasi ma’lum qildi.
“Chegara veterinar nazoratini o‘tkazish chog‘ida jonivorlar quturishga qarshi emlanmagani aniqlandi. Shuningdek, ularni olib kirishga tegishli ruxsat olinmagan”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Jonivorlar O‘zbekistonga qaytarildi.
Izoh (0)