Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In KXDR va AQSh yetakchilarining bugun, 12-iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tayotgan sammitini kutib, tuni bo‘yi uxlamagan. Bu haqda Janubiy Koreya rahbari Seuldagi qarorgohida yordamchilari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS” internet-translyatsiyaga tayanib.

Foto: Rambler News

Foto: Rambler News

“Butun xalqimizning diqqati hozir Singapurdagi voqealarga qaratilgan deb o‘ylayman. Men ham tunni uyqusiz o‘tkazdim”, — dedi Mun Chje In. U televideniye orqali sammitning to‘g‘ridan to‘g‘ri translyatsiyasini ko‘rish uchun majlislardan birini bekor qilganini qo‘shib qo‘ydi.

“Yurtdoshlarim bilan birga chin dildan umid qilamanki, uchrashuv muvaffaqiyatli o‘tib, to‘liq yadrosizlanish, tinchlik hamda Janubiy Koreya, Shimoliy Koreya va AQSh o‘rtasidagi aloqalarning yangi davrini boshlab beradi”, — dedi prezident.

U yaqin kelajakda Janub, Shimol va AQSh o‘rtasida uch tomonlama sammit o‘tkazilishi, u 1953-yilda vaqtinchalik sulh bilan yakunlangan Koreya urushiga rasman nuqta qo‘yishiga umid bildirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi