Bud tropik to‘foni birinchi toifadagi dovulga aylandi. Dovulning shamol tezligi soatiga 150 kilometrga yetadi va Meksika qirg‘oqlariga yaqinlashmoqda. Biroq ayni vaqtda u qirg‘oqdan 410 kilometr uzoqda turibdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, dovul Meksikaning qirg‘oqbo‘yidagi Michoakan, Xalisko, Kolima va Gerrero shtatlariga yopiriladi.
Meksika hukumati dovul xavf solayotgan hududlar aholisini va sayyohlarni “favqulodda ehtiyot bo‘lishga” va hukumatning barcha ko‘rsatmalarini bajarishga chaqirmoqda. Hozircha evakuatsiya haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)